16:30 / 11.08.2022
2 402

Rossiya «qora ro‘yxati»dagi siyosatchi Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi

Rossiya «qora ro‘yxati»dagi siyosatchi Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti devoni boshlig‘ining maslahatchisi, harbiy ekspert Aleksey Arestovich mamlakat prezidentligi uchun kurashish rejasi bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda u taniqli jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

A.Arestovich prezident Vladimir Zelenskiyning siyosiy faoliyatiga xalal bermasligi, u lavozimini butunlay tark etgachgina saylovda qatnashishini qayd etgan.

Ukrainaning amaldagi prezidenti V.Zelenskiy 2019 yil 20 maydan buyon ushbu vazifada faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, prezident 5 yil muddatga saylanadi. Navbatdagi saylov esa 2024 yil 31 mart kuni o‘tishi ko‘zda tutilgan. Qayd etish joizki, Zelenskiy yana bir vakolat muddati davomida prezidentlik qilish huquqiga ega.

Ukraina prezidenti devoni boshlig‘ining maslahatchisi A.Arestovich avvalroq mamlakatda davom etayotgan urush qachon yakunlanishi borasida taxminini ilgari surgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Arestovich 2019 yili bergan intervyusida Rossiya 2021 yoki 2022 yilda Ukrainaga qarshi urush boshlashini bashorat qilgan.

E’tiborga molik jihati, mutaxassis rus harbiylari Qrim va Belarus orqali kirishi, Kiyev qamal qilinishi, mamlakat raketa zarbalariga uchrashi kabi tafsilotlargacha aniq bayon qilgan.

Ukraina matbuoti xabariga ko‘ra, Zelenskiy jamoasidagi yetakchi mulozimlardan sanalgan Arestovich ayni paytda xavfsizlik vajidan muqim uy-joy sotib olmay, ijara uylarda yashashni afzal ko‘rmoqda. U Rossiya yo‘q qilishni maqsad qilgan ukrainalik amaldorlardan biri ekani aytiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya «qora ro‘yxati»dagi siyosatchi Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi