Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina harbiylarining tinch aholiga qarshi jinoyatlariga ishora qiluvchi "Amnesty International" hisobotining to‘g‘riligini tan olishi kerak. Bu haqda Amerikaning “Politico” nashri maqolasiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Maqola muallifi Pol Teylorga ko‘ra, Kiyev o‘ziga qaratilgan tanqidni adekvat idrok etishi, uning fikriga qo‘shilmaganlarni Moskva uchun ishlaganlikda ayblamasligi kerak.
“Tanqidga yetarli javob armiya amaliyotini yaxshilash va tinch aholini himoya qilishga harakat qilish bo‘ladi”, deb yozadi muallif.
Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin "Amnesty Internationa"l huquq faollari Ukraina harbiylarining harakatlarini tahlil qilgan edi.
Natijada ular Ukraina Qurolli kuchlari harbiy texnikani turar-joy binolari, maktablar va shifoxonalarga joylashtirish orqali xalqaro huquqni buzayotgani va bu bilan tinch aholini xavf ostiga qo‘ygani aniqlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mudofaa pozitsiyasi Qurolli kuchlarga xalqaro qoidalarni buzish huquqini bermaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi