17:16 / 14.08.2022
3 373

25 yoshli milliarder Kayli Jenner tugʻilgan kunida onasidan kutilmagan hadya oldi

25 yoshli milliarder Kayli Jenner tugʻilgan kunida onasidan kutilmagan hadya oldi
Foto: Pinterest
2022 yil 10 avgust kuni Kardashyan-Jennerlar oilasining a'zosi Kayli Jenner 25 yoshni qarshi oldi. Yosh milliarder xonim an'anaviy tarzda oʻzining yubileyini Gollivud miqyosida nishonladi. U yaxtada koʻngilochar ziyofat uyushtirdi, kechaga Kaylining qarindoshlari hamda doʻstlari taklif qilindi. Tadbirda tugʻilgan kun sohibasi minglab kristallar bilan bezatilgan libosda paydo boʻldi, deb yozadi People Talk.

Tugʻilgan kunida Kayli koʻplab sovgʻalar oldi, lekin ular orasidan birigina uni koʻproq xursand qildi. Kris Jenner qizi uchun maxsus syurpriz tayyorladi: u Kayliga toʻq sariq rangli Hermes Birkin sumkasini hadya qildi.

Foto: People Talk
Ushbu model taxminan 100 ming dollar turadi va atigi uch nusxada chiqarilgan. Shuning uchun Kayli bundan juda ham mamnun boʻldi. U bu sumkaning kundalik garderobiga qanday mos kelishini allaqachon tasavvur qilib qoʻygan boʻlsa kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo