21:21 / 15.08.2022
1 238

Koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina barcha shtammlardan himoya qiladi

Koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina barcha shtammlardan himoya qiladi
Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi burunga sepiladigan vaksina koronavirusning barcha shtammlaridan himoya qilishda yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga markaz direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

Hozirda mavjud va allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan burunga sepiladigan vaksina barcha shtammlardan himoya qilishda yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda”, - dedi u.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy yilning 1 aprel kuni “Gam-KOVID-Vak” koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi burun vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat nafas yo‘llarining shilliq qavatida immunitet hosil qiladi.

Ginsburg spreyni har olti oyda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda qo‘llash kerakligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina barcha shtammlardan himoya qiladi