22:47 / 16.08.2022
1 913

Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga hojat yo‘q - Sergey Shoygu

Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga hojat yo‘q - Sergey Shoygu
Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya bir qutbli dunyoga barham berdi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu "Armiya-2022" forumi doirasida Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasi ochilishida.

Rossiya Mudofaa vazirning so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiyada Rossiya taktik yadro quroli yoki kimyoviy qurol ishlatishga tayyorligi haqidagi mish-mishlar tarqalmoqda - bularning barchasi yolg‘on. Harbiy nuqtai nazardan Ukrainada yadroviy yoki kimyoviy quroldan foydalanishga hojat yo‘q.

"Harbiy nuqtai nazardan, Ukrainada maqsadlarga erishish uchun yadro qurolidan foydalanishga hojat yo‘q. <...> Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llanilishi mumkinligi haqidagi bayonotlar ham bema’ni", - dedi Sergey Shoygu.

Rossiya Mudofaa vaziri nutqidan asosiy fikrlar:
  • Ukrainada rossiyalik harbiy xizmatchilar Rossiyaga qarshi gibrid urushda ushbu mamlakat rahbariyatini nazorat qiluvchi G‘arbning birlashgan kuchlari bilan to‘qnash kelishmoqda.
  • Maxsus operatsiya G‘arb Ukrainaga etkazib beradigan va frontdagi vaziyatni tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan super qurol haqidagi afsonani yo‘q qildi.
  • Biz aniq bilamizki, NATOda hech kim Rossiya rahbariyati tomonidan Ukrainadagi maxsus operatsiya maqsadlariga erishilishiga shubha qilmaydi.
  • Yevropada xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat Sovuq urush avjidagidan ham yomonroq.
  • HIMARS reaktiv o‘t ochish tizimi maxsus operatsiya davomida janglardagi vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu qutblarning asosiy farqi shundaki, ba’zilar suveren davlatlar manfaatlarini hurmat qiladi, mamlakatlar va xalqlarning madaniy-tarixiy xususiyatlarini hisobga oladi, boshqalari esa ularga e’tiborsizlik qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga hojat yo‘q - Sergey Shoygu