date
views 6 869

Putinning «qo‘rqinchli» bayonoti

Putinning «qo‘rqinchli» bayonoti
Foto: «Zvezda» telekanali
«Daily Express» yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Armiya-2022» forumidagi nutqida «qo‘rqinchli» bayonot qildi: Rossiya o‘z qurollarini dunyodagi barcha ittifoqchilari bilan baham ko‘rishga tayyor.

Nashr uchun maqolani yozgan Metyu Duli G‘arb mamlakatlari, masalan, Eron va Shimoliy Koreya zamonaviy qurolga ega bo‘lishiga uzoq yillardan beri qarshilik ko‘rsatib kelishiga e’tibor qaratgan. Shu bois Rossiya bu kabi mamlakatlarga o‘q otar qurollardan tortib zirhli texnika, artilleriya, jangovar aviatsiya va uchuvchisiz qurilmalarni yetkazib berishga shayligi xavotirga solmay qo‘ymaydi.

Muallifning qayd etishicha, Rossiya tomonidan G‘arbga dushman mamlakatlarga qurol yetkazib berilishini provokatsiya sifatida baholash mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo