Kuchli qurg‘oqchilik oqibatida Yevropa daryolari shunchalik sayozlashib ketdiki, qadimgi ogohlantiruvchi yozuvlar yuzaga chiqib qoldi. Bu haqda «Science Alert» yozmoqda.
O‘tmishda tabiiy ofatlarga yo‘liqqan odamlar keyingi avlodlarga o‘ziga xos maktublarini toshlarga o‘yib yozishgan. Qurg‘oqchilik, suv qahat paytlarda yuzaga chiquvchi bunday toshlar «ochlik toshlari» deyiladi.
Shunday toshlarning biri Chexiyadan boshlanib, Germaniya orqali oqib o‘tuvchi Elba daryosining qirg‘og‘ida joylashgan. Unda nemis tilida ogohlikka da’vat yozilgan: «Wenn du mich seehst, dann weine» — «Meni ko‘rdingmi, yig‘la».
Qurg‘oqchiliklar oqibatida hosil kam, oziq-ovqat yetishmagan, qahatchilik va qimmatchilik hukm surib, kambag‘allar ochlikka mahkum bo‘lgan yillarni olimlar aniqlashgan. 1417, 1616, 1707, 1746, 1790, 1800, 1811, 1830, 1842, 1868, 1892 va 1893 yillar — ana shunday og‘ir yillar.
«Ochlik toshlari» so‘nggi marotaba 2018 yilgi qurg‘oqchilik payti yuz ko‘rsatgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi