2016 yilda “Tolibon” tomonidan Kobulda o‘g‘irlab ketilgan, so‘ngra uch yildan so‘ng AQSH rasmiylari bilan almashish kelishuvi asosida qo‘yib yuborilgan avstraliyalik o‘qituvchi kecha “Tolibon” hukmronligining bir yilligini nishonlash uchun Afg‘onistonga keldi.
Timoti Uiks “Tolibon” qo‘lida asir bo‘lganida islomni qabul qilgan va uyiga qaytgach, ismini Jabroil Umarga o‘zgartirgan. Juma kuni u asirlikda bo‘lgan vaqtida “bu odamlarni (toliblarni) hech kim ko‘ra olmagan tomondan ko‘rganini” aytgan.
U avvalroq Avstraliyadagi yangi xayriya tashkiloti orqali afg‘on xalqiga yordam bermoqchi ekanini bildirgan edi.
Qiziq holat: musulmonlar asirligida bo‘lgan nomusulmon odamlar Islomni qabul qilib, ularga qaytishadi. Timoti Uiks yagona misol emas. Bundan tashqari, g‘ayridinlar qamoqxonasida asirlikda saqlangan musulmonlar u yerdagi soqchilarni ham Islomga olib kelishgan holatlar bor. Guantanamo qamoqxonasi qo‘riqchisi Terri Holdbruks haqidagi voqea shular jumlasidan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi