Foto: Media.az
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaning Lvov shahriga keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Guterrish ertaga, 18 avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashadi. Shundan so‘ng Odessaga, portlardan biri bilan tanishish uchun yo‘l oladi.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina Turkiya va BMT bilan Qora dengiz portlarini ochish borasida bitimga kelishgandi. Uning shartlariga ko‘ra, kemalarda yuk tashilayotgan paytda Rossiya portlarga hujum qilmaydi, Ukraina esa bu kemalarni o‘z harbiy kemalari yordamida minalashtirilgan suvlardan olib o‘tadi.
Rossiya qamal qilishi oqibatida global oziq-ovqat inqirozi yuzgaga kelgan ukrain portlaridan Ukraina 20 mln tonna don olib chiqishi kutilmoqda. O‘z navbatida, Rossiya global oziq-ovqat inqirozi sababchilari sifatida G‘arb mamlakatlari va ular qo‘llagan sanksiyalarni ko‘rsatgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi