Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, Rossiya va AQSH o‘rtasida ehtimoliy to‘laqonli yadroviy urush yuz bergan taqdirda Yer aholisi soni 5 milliardga tushib ketadi. Ona zaminga uzoq va uqubatli yadroviy qish cho‘kadi. Bu haqda Nature jurnali yozmoqda.
Yodingizda bo‘lsa, Yer aholisi soni 8 milliarddan oshgani haqida xabar bergandik.
Ratger universiteti (Nyu-Jersi, AQSH) olimlari ehtimoliy yadroviy urushdan omon qolish imkoniyati qaysi mamlaktlarda yaxshiroqligini hisoblab ko‘rishdi.
Unga ko‘ra, yirik shaharlar va sanoat zonalariga atom bombalari yog‘dirilgan taqdirda olovli bo‘ronlar yuz beradi, ularning yonishidan ajralgan kul zarralari butun dunyoni, atmosferani qoplab oladi. Buning oqibati iqlim o‘zgarishlari hamda quruqlik va okeanlarda oziq-ovqat zaxiralarining keskin qisqarib ketishida namoyon bo‘ladi.
Atmosferaga 150 teragramm (165 mln tonna)dan ortiq kul sochiladigan bo‘lsa, yadroviy qiyomatdan so‘ng uch-to‘rt yil o‘tib, boshoqlilar istemoli taxminan 90 foizgacha tushadi.
Prognozlarga ko‘ra, atmosfera bundan ham ko‘proq zaharli kullar bilan to‘yingan taqdirda ham, aynan Avstraliya va Argentina aholi jon boshiga kunlik kilokaloriyalar iste’molini optimal darajada saqlab qolishi mumkin.
Maqolada yozilishicha, yadroviy urushdan so‘ng dunyoning yana bir nuqtasi — Yangi Zelandiyada ham najot bor. Biroq Osiyo va dunyoning oziq-ovqat tangligi yuz bergan boshqa davlatlaridan yopirilgan qochoqlarning ulkan oqimiga bu kichik mamlakat dosh bera olishi so‘roq ostida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?