Bugun, 18 avgust kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Lvovga tashrifi chog‘ida Ukraina prezidenti Zelenskiyga Putin bilan uchrashuv tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda CCN Turk telekanali xabar berdi.
Turk telekanalining ta’kidlashicha, bu uchrashuv Moskva va Kiyevning murosaga kelishi uchun «yo‘l xaritasi» bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
«Ukrainada aniq tinchlik bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga erishish Zelenskiyning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokidagi Lvov sammitida prezident Erdo‘g‘onning taklifiga beradigan javobiga bog‘liq bo‘ladi», – deb yozadi CCN Turk telekanali.
NTV telekanalining xabariga ko‘ra, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini taklif qilmoqchi. Shuningdek, u mahbuslarni almashishda Turkiyaning vositachiligini muhokama qilishni rejalashtirgan.
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich, o‘z navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Zelenskiyni diplomatik kelishuvga rozi bo‘lishga va rejalaridan voz kechishga ko‘ndirishlari mumkinligini istisno qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Putin bilan Sochida muzokara o‘tkazgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi