19:30 / 19.08.2022
1 381

Turkiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari sanasi e’lon qilindi

Turkiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari sanasi e’lon qilindi
Foto: trt
Bu haqda mamlakat adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ 19 iyul kuni Turkiyaning CNN Turk telekanali efirida ma’lum qildi.

«Saylovlar 2023 yil 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi, muxolifat saylov vaqtini belgilay olmaydi», dedi Bo‘zdog‘ prezidentlik saylovlari haqida.

Vazirning qayd etishicha, bu joriy prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlikka nomzod sifatida ishtirok etadigan ikkinchi saylov bo‘ladi.

Bo‘zdog‘ uning xabari izoh talab qilmasligini qo‘shimcha qildi.

Turkiya konstitutsiyasi 101-moddasiga ko‘ra, prezident «40 yoshga to‘lgan, oliy ma’lumotli va parlament deputatligiga saylanish huquqiga ega Turkiya fuqarolari orasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xalq tomonidan saylanadi».

Oxirgi umumxalq saylovlarida «yakka tartibda yoki birgalikda umumiy haqiqiy ovozlar kamida besh foizini olgan siyosiy partiyalarga ega bo‘lgan kamida yuz ming saylovchi» prezidentlikka nomzod ko‘rsatishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari sanasi e’lon qilindi