NATO o‘zining eng zaif joyi – Ruminiyaning Qora dengiz sohilidagi chegaralarini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Fransiya, Belgiya va Niderlandiyadan kelgan 200 ga yaqin ittifoq askari Transilvaniyada muhandislik ishlari bilan faol shug‘ullanmoqda. Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng, NATO davlatlari Yevropaning eng qashshoq mintaqalaridan birining bu qadar himoyasiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qildi.
Mutaxassislarning fikricha, Rossiya uchun Qora dengiz “O‘rta yer dengiziga kirish eshigi, shuningdek, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga ta’sir o‘tkazish yo‘li”dir.
Tahlilchi Metyu Orrning fikricha, Moskva janubi-sharqiy Yevropaga ustuvor ahamiyat beradi.
“Bu ruslarning bu mintaqadan qay darajada xavotirda ekanliklarini, ular u yerda kuchli harbiy ishtirok etishni qanchalik istashlarini ko‘rsatadi va NATO bunga javob berishi kerak”, deydi u.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Shimoliy Atlantika alyansi a’zolari Bolgariya, Vengriya, Slovakiya va Ruminiya uchun to‘rtta yangi jangovar guruh tuzishga kelishib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin