18:30 / 20.08.2022
2 118

Qrim aerodromidagi portlashlardan keyin Rossiya Qora dengiz floti aviatsiyasining yarmidan ayrilgan

Qrim aerodromidagi portlashlardan keyin Rossiya Qora dengiz floti aviatsiyasining yarmidan ayrilgan
Foto: «Pravda.com.ua»
Ukraina 9 avgust kuni Qrimdagi Novofedorovka qishlog‘ida joylashgan Saki aerodromiga qilgan hujumi Rossiyaning Qora dengiz floti dengiz aviatsiyasi jangovar samolyotlarining yarmidan ko‘pini yaroqsiz holatga keltirgan. Bu haqda jurnalistlarga G‘arb razvedkasining o‘z ismini oshkor qilmagan yuqori mansabli vakili ma’lum qilgan, deb yozadi Meduza.

«Qora dengiz floti bilan bog‘liq haqiqiy voqea mana shunaqa. Ular o‘zlarining ‘Moskva’ flagmanini yo‘qotdi, Zmeiniy orolidan ayrildi, o‘z dengiz aviatsiyasining yarmini yo‘qotdi va ularning shtabiga zarba berildi», — deya Britaniyaning ITV News kanali jurnalisti Emma Berrous mansabdorning gaplaridan iqtibos keltirdi.

Razvedka vakili qo‘shimcha qilishicha, Rossiya qurolli kuchlarining o‘q-dorilari tugamoqda, bu «oxir-oqibat Rossiyaning hujumga o‘tish qobiliyati susayishiga olib keladi».

9 avgust kuni Novofedorovkada ketma-ket portlashlar yuz berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi yong‘in xavfsizligi talablariya rioya qilinmagani sababli Saki aerodromida «bir nechta aviatsiya o‘q-dorilari portlab ketgani»ni ma’lum qildi. Idora aviatsiya texnikasi zarar ko‘rganini rad etdi.

Ukraina qurolli kuchlari Saki aerodromidagi portlashlardan keyin ertasi kuni Rossiyaning to‘qqizta samolyotini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Amerikaning Planet Labs kompaniyasi e’lon qilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida vayronagarchiliklar izlarini ko‘rish mumkin edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrim aerodromidagi portlashlardan keyin Rossiya Qora dengiz floti aviatsiyasining yarmidan ayrilgan