
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi endi podshohlik turistik vizaga ega bo‘lgan ziyoratchilarga umra ziyoratiga borishga ruxsat berishini ma’lum qildi.
49 davlat fuqarolari buni Visit Saudi Arabia veb-sayti orqali onlayn tarzda yoki aeroportga kelganlarida viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Umra ibodatini iloji boricha ko‘proq odamlar ado etishiga ruxsat berishga qaror qilindi.
Sayyohlik vizasi bilan umraga borish huquqini AQSH va Buyuk Britaniya vizasi egalari, shuningdek, Shengen vizasiga ega bo‘lganlar qo‘lga kiritgan.
Qoidalar tashrif buyuruvchilarga podshohlikning boshqa shaharlariga tashrif buyurish uchun 12 oy muddatga amal qiladigan turistik viza olish imkonini beradi.
Oilasini ziyorat qilish uchun vizaga ega bo‘lganlar Eatmarna ilovasi orqali Umra ziyoratiga borishlari mumkin.
Umra uchun ziyoratchilar keng qamrovli tibbiy sug‘urta olishlari kerak, bu sug‘urta COVID-19 davolash, o‘lim yoki nogironlikka olib keladigan baxtsiz hodisalar hamda parvozni kechiktirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Umra ziyoratini hozirda ruxsat etilgan davlatlardan tashqari boshqa davlatlar fuqarolari Saudiya Arabistonining o‘z mamlakatlaridagi elchixonalariga viza olish uchun murojaat qilishlari kerak.
Kerakli hujjatlarga yashash va ish joyini tasdiqlovchi hujjat, qaytish chiptasi, moliyaviy barqarorlikni tasdiqlovchi bank bayonoti, marshrut va to‘liq shaxsiy ma’lumotlar kiradi.
Afsuski, sayyohlik vizasi bilan umra qilish ruxsat etilgan davlatlar ro‘yxatida O‘zbekiston yo‘q. Qo‘shni davlatlardan Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonga bu huquq berilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar