22:25 / 23.08.2022
2 468

Erdo‘g‘on: Qrim bu — Ukraina

Erdo‘g‘on: Qrim bu — Ukraina
Foto: Anadolu Agency
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xalqaro huquq asosida Qrim Ukrainaga qaytarilishi shartligini yana bir bor ta’kidladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

«Xalqaro huquq talabiga muvofiq, Qrim Ukrainaga qaytarilishi shart. Bu butun mintaqa va jahon xavfsizlik tizimi, Ukrainaning barqarorligi, hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash, suvereniteti va siyosiy birdamligi uchun o‘ta muhimdir», — Erdo‘g‘onning bugun, 23 avgust kuni Kiyevdagi «Qrim platformasi» onlayn-sammitidagi so‘zlarini keltirmoqda «Ukrinform» agentligi.

Turkiya, jahonning deyarli barcha mamlakatlari kabi, Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganini qoralaydi, biroq Rossiya-Ukraina nizosida har ikki tomon bilan yaxshi aloqalarni saqlagan holda balansni saqlashga harakat qilmoqda.

Kiyevdagi «Qrim platformasi» ikkinchi sammitida 60 davlatdan vakillar, jumladan, 40 mamlakatning prezident va bosh vazirlari ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on: Qrim bu — Ukraina