17:53 / 24.08.2022
2 661

Shoygu Ukrainaga hujum sekinlashganini tan oldi va buning sababini izohladi

Shoygu Ukrainaga hujum sekinlashganini tan oldi va buning sababini izohladi
Foto: Global Look Press
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar harbiy idoralari rahbarlarining yig‘ilishida Rossiya armiyasining Ukrainadagi hujumi sur’ati sekinlashganini tan oldi. Uning aytishicha, bu ongli qaror bo‘lib, u «tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik» istagi bilan izohlanadi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, «maxsus operatsiya» doirasida Rossiya harbiylari «insonparvarlik qonunchiligi normalariga qat’iy rioya qilmoqda» — zarbalar go‘yoki dushman harbiy ob’ektlariga yuqori aniqlikdagi qurollar yordamida amalga oshirilmoqda.

- "Tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun hamma narsa qilinmoqda. Albatta, bu hujum tezligini ham sekinlashtiradi, lekin biz buni ongli ravishda qilyapmiz", — dedi Shoygu.

Shu bilan birga, Rossiya mudofaa vaziri Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» reja bo‘yicha ketayotgani va uning barcha vazifalari bajarilishiga ishontirdi. U Donbass va Rossiya aholisiga Kiyev tomonidan bo‘lgan «chinakam tahdidlar» harbiy harakatlarni yuzaga keltirganini ta’kidladi.

Sergey Shoygu Ukrainadagi rossiyalik harbiylarning oldinga siljishi sekinlashayotganini ham xuddi shunday izohlagan. May oyida vazir tinch aholini gumanitar koridorlar orqali evakuatsiya qilish va qurbonliklarning oldini olish uchun qo‘shinlarning oldinga siljish sur’ati «ataylab sekinlashayotganini» aytgandi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushda 5000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shoygu Ukrainaga hujum sekinlashganini tan oldi va buning sababini izohladi