18:18 / 24.08.2022
1 577

Shoygu: SHHT dunyodagi yangi kuch markazi

Shoygu: SHHT dunyodagi yangi kuch markazi
Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) yangi kuch markazi sifatidagi roli notinch xalqaro vaziyat fonida ortib bormoqda, deb hisoblamoqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

Bugungi kunda SHHTga 8 ta davlat a’zo: Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston.

Bunday sharoitda SHHTning roli yangi kuch markazi, teng huquqlilik va o‘zaro hurmatga asoslangan davlatlararo munosabatlar modeli, xalqaro huquq normalariga rioya qilish kafolati sifatida izchil oshib bormoqda”, dedi Shoygu chorshanba kuni SHHT mudofaa vazirlari yig‘ilishda.

"Shuning uchun, harbiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, umumiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama formatlarda muntazam maslahatlashuvlar olib borish muhim".

Bunday yondashuvlar ushbu uchrashuvda imzolanish uchun tayyorlangan yakuniy hujjatlarda mustahkamlangan, dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “bugungi uchrashuv nihoyatda beqaror xalqaro vaziyat fonida o‘tmoqda”.

Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqasida, butun dunyoda bo‘lgani kabi, tahdidlar kuchaymoqda, mahalliy inqirozlar susaymayapti, yangi jiddiy chaqiriqlar paydo bo‘lmoqda”, - dedi Shoygu.

"AQSH va jamoaviy G‘arb, - dedi u, - global hukmronlikni saqlab qolish uchun mustaqil davlatlarga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazmoqda. Buning uchun ochiq shantaj, tahdidlar, rangli inqiloblar va davlat to‘ntarishidan foydalanmoqda, qo‘pol dezinformatsiya tarqalmoqda".

G‘arbning qarama-qarshi harakatlari va u joriy etayotgan sanksiyalari natijasida jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yomonlashmoqda, aloqalar buzilmoqda, sun’iy ravishda oziq-ovqat inqirozi yaratilmoqda”, — dedi Rossiya mudofaa vaziri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shoygu: SHHT dunyodagi yangi kuch markazi