Bugun 24 avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan SHHT davlatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu so‘zga chiqdi.
Quyida vazir nutqidan asosiy fikrlarni keltiramiz:
- Koalitsion xavfsizligi masalalarini muhokama qilish uchun dekabr oyida Moskvada SHHT va MDH davlatlari mudofaa vazirlarining uchrashuvini o‘tkazish taklif qilindi;
- ️Ukrainada maxsus operatsiya o‘tkazish zarurati Kiyevning Donbass aholisiga, keyin esa Rossiyaga real tahdidlari bilan bog‘liq;
- ️Ukrainadagi operatsiya reja bo‘yicha ketmoqda, barcha vazifalar bajariladi;
- Maxsus operatsiya hujum sur’atini sekinlashtirish - tinch aholi orasida qurbonlarini minimallashtirishga qaratilgan;
- ️Ko‘p sonli ukrainalik askarlar o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘ldi, Kiyev ularning oshkora guvohliklaridan qo‘rqib, asirlar saqlanayotgan binoga zarba berdi;
- ️AQSHning Ukrainadagi maqsadi - raqobatni yo‘q qilish va boshqa davlatlarni ogohlantirish uchun Rossiyani strategik yo‘qotishga erishishdir;
- ️AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Ukrainaga qurol yetkazib berilishi qurbonlar sonini ko‘paytirmoqda va bu mamlakat hududidagi harbiy mojarolarni uzaytirmoqda;
- ️Kelasi yili Rossiyada SHHT “Tinchlik missiyasi” aksilterror mashqlari o‘tkaziladi;
- ️Maxsus amaliyot chog‘ida tafsilotlari ma’lum bo‘lgan AQSH harbiy biologik dasturi SHHT davlatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda;
- ️Qo‘shma Shtatlar o‘zining global gegemonligi uchun Janubi-Sharqiy Osiyodagi xavfsizlik arxitekturasini bo‘lishga urinmoqda, Xitoyga qarshi front tuzilmoqda;
- ️Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashayotgan bir paytda Rossiya Tojikiston va Qirg‘izistondagi bazalarining jangovar tayyorgarligini oshirmoqda.
Ma’lumot uchun, bugun 24 avgust kuni Toshkentda SHHT davlatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirlari ishtirok etishmoqda. Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe onlayn formatda ishtirok etmoqda.
Uchrashuvning faxriy mehmonlari: ️O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, ️SHHT Bosh kotibi Chjan Min, ️SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev hamda ️Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi