O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Budapeshtda Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibining fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikka mas’ul o‘rinbosari Miklosh Lengel bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston—Vengriya universitetlararo hamkorligi, talabalar almashuvi va qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qilgan. Miklosh Lengel 2022 yildan boshlab Vengriya tomoni Vengriya hukumatining «Stipendium Hungaricum» stipendiya dasturi bo‘yicha O‘zbekistonga Vengriya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun kvotani 170 taga oshirganini ta’kidlagan. Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun grantlar ajratadi. Belgilangan kvota doirasida tibbiyot, sport va AKT yo‘nalishlarida o‘qish uchun alohida stipendiyalar ajratiladi.
Shuningdek, u O‘zbekiston yoshlarini ushbu grantlardan to‘liq foydalanishga va 2023 yil noyabr oyi o‘rtalaridan 15 yanvarga qadar faol ariza topshirishga chaqirgan.
Bundan tashqari, uchrashuv chog‘ida Vengriya Diplomatik akademiyasi (VDA), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) va uning huzurida yangi tashkil etilgan Diplomatik akademiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.
Vengriyalik diplomat O‘zbekiston prezidentining «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi JIDU faoliyatida amalga oshirayotgan islohotlar va o‘zgarishlar bilan tanishtirilgan.
Tomonlar Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston—Vengriya rektorlari forumini o‘tkazish masalasini ham muhokama qilgan.
2021 yil 20—23 iyun kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida Vengriyaning o‘ndan ortiq nufuzli ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etgan birinchi forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi