
Venesuelada “ArMI—2022” Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi jangovar vaziyatlarda to‘g‘ri va aniq harakatlanish ko‘nikmasini oshiradigan, harbiy xizmatchilarning merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazadigan “Merganlar marrasi” musobaqasida yakunlandi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Venesuelaning Lara shtati Barkisimeto shahrida o‘tkazilgan “Merganlar marrasi” musobaqasi davomida harbiy xizmatchilar turli vazifalarni o‘z ichiga olgan 4 bosqichda jami 15 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Bular — yakkalik mashqlar, juftlik va jamoaviy mashqlar, kim tezkor shartlaridir.
Murosasiz kechgan bahslar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin mezbon davlatga nasib etgan bo‘lsa, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan Rossiya o‘rin oldi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar