14:44 / 27.08.2022
1 194

O‘zbekiston avtobusi Qozog‘istonda YTHga uchradi

O‘zbekiston avtobusi Qozog‘istonda YTHga uchradi
Foto: Qozog‘iston IIV
27 avgust kuni tongda Qozog‘istonning Turkiston viloyatida «Toshkent — Bishkek» yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, soat 7 dan oshganida Tulkibas tumani IIB navbatchilik qismiga mazkur YTH haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar Shakpak qishlog‘i hududidagi 601-kilometrda O‘zbekiston kompaniyasiga tegishli avtobus yo‘ldan chiqib ketganini aniqlagan.

«Salonda xorijlik fuqarolar bor edi. Hodisa oqibatida 12 kishi tan jarohati olib, eng yaqin shifoxonaga yotqizildi», — deyiladi xabarda.

Hozircha yaralanganlar qaysi mamlakat fuqarolari ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Mazkur holat Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismi — ehtiyotsizlik oqibatida inson salomatligiga og‘ir zarar yetkazgan holda yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish sifatida ro‘yxatga olingan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Ekspertiza tayinlangan.

Transport vazirligining rasmiy izohiga ko‘ra, «Toshkent-Bishkek» yo‘nalishida harakatlangan mazkur avtobus «MIRONSHOX GRAND TRANS» MCHJga tegishli. Avtobus 26 avgust kuni soat 22:00 da «Toshkent» avtovokzalidan ikki nafar haydovchi va 47 nafar yo‘lovchi bilan yo‘lga chiqqan.

Hozirda holat yuzasidan MCHJ rahbariyati va korxonada harakat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimlar bilan vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston avtobusi Qozog‘istonda YTHga uchradi