12:57 / 29.08.2022
1 365

Portugaliyada Evropadagi eng yirik dinozavr qoldiqlari topildi (foto)

Португалияда Eвропадаги энг йирик динозавр қолдиқлари топилди (фото)
Foto: TJournal
Portugaliyaning Pombal shahrida qazish ishlari chogʻida dinozavr qoldiqlari topildi, deb yozadi «Interfaks». Taxminlarga koʻra, bu Evropada topilgan eng yirik dinozavr suyaklaridir.

The Guardian xabariga koʻra, qazish ishlari 2017 yilda, er maydoni egasi toshga aylangan hayvon qoldiqlarini topib olib, Lissabon universitetiga murojaat qilganidan keyin boshlangan.

Voqea joyida Ispaniya va Portugaliya paleontologlari ishlamoqda. Ular umurtqa pogʻonasi va qovurgʻa suyaklarini topdi. Aniqlangan dinozavr, mutaxassislar fikriga koʻra, zavropodlar guruhidagi braxiozavridlar oilasiga tegishli boʻlgan.

Braxiozavr
Foto: Britaniya entsiklopediyasi

Zavropodlar — boʻyni va dumi uzun boʻlgan toʻrt oyoqli oʻtxoʻr dinozavrlar guruhi. Ular Erda mavjud boʻlgan eng yirik hayvonlardir.

Aniqlangan dinozavrning balandligi 12 metr, uzunligi 25 metrga etgan. Topilma 150 million yoshda deb taxmin qilinmoqda.

Foto: TJournal

Foto: TJournal
Olimlar qayd etishicha, bunday topilmalar juda kamdan-kam uchraydi. Bundan tashqari, suyaklarning joylashuvi hayvonning tabiiy anatomik joylashuvini aks ettiradi. Bu esa dinozavrning boshqa qismlari ham topilishini taxmin qilish uchun asos boʻla oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo