10:40 / 30.08.2022
1 338

Rossiya Ukrainadagi janglar uchun Erondan dronlar oldi

Rossiya Ukrainadagi janglar uchun Erondan dronlar oldi
Foto: AFP
Eron Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda ishlatilishi kerak bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlarining birinchi partiyasini jo‘natdi, deb yozadi 29 avgust, dushanba kuni Amerikaning The Washington Post (WP) nashri.

Gap kamida ikkita turdagi jangovar uchuvchisiz uchar qurilmalar, xususan, radar tizimlari, artilleriya inshootlari va boshqa harbiy ob’ektlarni o‘qqa tutish uchun mo‘ljallangan Mohajer-6 va Shahed dronlari haqida bormoqda. WP nashriga ko‘ra, Rossiya transport samolyotlari 19 avgust kuni tegishli yuk bilan Erondan havoga ko‘tarilgan.

Nashrning AQSH razvedkasiga yaqin bo‘lgan suhbatdoshlariga tayanib yozishicha, Rossiya qabul qilingan uchuvchisiz uchoqlarni ishlatishda ko‘plab nosozliklarga duch kelgan.

Anonim qolishni istagan Amerika razvedka xizmatlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, birinchi sinovlardan so‘ng rossiyalik harbiylar Eronning ba’zi dronlari foydalanishga yaroqsiz ekanidan «norozi» bo‘lgan. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Moskva Tehrondan yuzlab shunday uchuvchisiz uchoqlarni sotib olmoqchi, deb hisoblayapti.

Ayni paytda, 19 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tehronda Islom Respublikasi rahbari Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi. Rossiya Eronni potensial qurol yetkazib beruvchi sifatida ko‘radi, u bilan sanksiyalarni chetlab o‘tish va cheklovlar ostida neft eksport qilish bo‘yicha tajriba almashishi mumkin.

Avvalroq, 16 iyul kuni CNN mediakompaniyasi Rossiya hukumati delegatsiyasi Moskva Tehron bilan yetkazib berish masalasini muhokama qilayotgan uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA)ni tekshirish uchun ikki marta Eronning Koshan aerodromiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi. Rossiya rasmiylari aniq boshqariladigan raketalar bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan Eronning Shahed-191 va Shahed-129 uchuvchisiz uchoqlarini o‘rganmoqda, deya xabar bergan CNN manbalari.

Bundan sal oldin AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan «Eron hukumati Rossiyaga tezlashtirilgan asosda bir necha yuztagacha UUA, jumladan, qurol olib yurishga qodir UUAlar berishga tayyorlanayotganini» aytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainadagi janglar uchun Erondan dronlar oldi