Foto: AP
Xitoy armiyasiga tegishli dronlardan biri Erdan orolining taqiqlangan suv hududiga kirgan. Dron ogohlantirishlarga qaramasdan parvoz qilishda davom etganidan so‘ng tayvanlik harbiylar unga qarata o‘t ochgan.
Tayvan harbiylari Xitoy xalq-ozodlik armiyasi droniga qarata o‘t ochdi. Bu haqda taiwannews xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Xitoy armiyasiga qarashli uchta dron Tayvanning Szinmen arxipelagidagi orollar uzra parvoz qilgan. Tayvan harbiylarining ogohlantiruvchi signalidan so‘ng ular Xitoyning Syamen shahriga uchib ketgan.
Oradan bir oz vaqt o‘tgach, dronlardan biri Erdan orolining taqiqlangan suv hududiga kirgan. Harbiylar ogohlantiruvchi signal bergan.
Dron ogohlantirishlarga qaramasdan parvoz qilishda davom etganidan so‘ng tayvanlik harbiylar unga qarata o‘t ochgan. Shundan keyingina dron ortiga qaytgan.
Qayd etilishicha, bu Tayvan harbiylarining Xitoy droniga qarshi ilk marta o‘t ochishi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi