Rossiyada 15 nafar O‘zbekiston fuqarosining huquqi tiklandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya poytaxtidagi «Elektro Siti Svet» qurilish korxonasida ishlayotgan 15 nafar fuqaroning may, iyun, iyul oylari uchun ish haqi to‘lanmagani haqida murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markazi xodimlari ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazdi. Natijada fuqarolarning 1,5 oy uchun (may oyi to‘liq va iyun oyining yarmi) 1 million 50 ming rubl ish haqi undirib berildi.
Ish beruvchi qolgan qarzdorlikni 10 sentabrga qadar to‘lab berishini va’da qildi. Ayni paytda fuqarolar ushbu korxonada mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi