Iyul oyida AQSHda ish o‘rinlari kutilmaganda ko‘paydi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Ish o‘rinlarining ko‘payishi ish beruvchilar shundoq ham cheklangan kadrlar uchun raqobatlashayotgani sababli mehnat bozorida doimiy keskinlikni keltirib chiqaradi.
AQSH Mehnat departamentining Ish o‘rinlari ochilishi va mehnat aylanmasi tadqiqoti (JOLTS) ma’lumotlariga ko‘ra, ish o‘rinlari iyun oyidagi 11 milliondan bir oy ichida 11,2 millionga yetdi. Bu esa rekord darajaga nisbatan biroz past.
Foto: Bloomberg
AQSHdan o‘tgan yil oxiridan beri bo‘sh ish o‘rinlari 11 milliondan yuqori va ishsizlik darajasi tarixan pastligicha qolmoqda, bu esa AQSH mehnat bozorining kuchliligini ta’kidlaydi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik ish haqining barqaror o‘sishini ta’minlashda davom etmoqda, bu Federal rezerv tiziming inflyatsiyani bostirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini murakkablashtiradi.
Iyul oyida har bir ishsiz kishi uchun taxminan ikkita bo‘sh ish o‘rni bor edi, bu iyun oyida 1,9 tani tashkil qilgan.
Bo‘sh ish o‘rinlarining eng katta o‘sishi chakana savdo, transport, omborxona va kommunal xizmatlarda bo‘ldi.
Taxminan 4,2 million amerikalik iyul oyida o‘z ishlarini tark etdi. Bu ko‘rsatkich iyunga nisbatan bir oz pasaydi.
Ishdan bo‘shatish darajasi, ya’ni ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shaganlarning umumiy bandlik ulushi qismi, bir yildan ko‘proq vaqt davomidagi eng past darajaga — 2,7 foizga tushdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi