14:12 / 01.09.2022
1 376

To‘qayev Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lishini e’lon qildi

To‘qayev Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lishini e’lon qildi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat xalqiga murojaat qildi. Unda davlat rahbari Qozog‘istonda 2022 yil kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini ma’lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews nashri.

«Men shu yilning kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taklif qilaman. Adolatli Qozog‘istonni barpo etish yo‘lidagi keng qamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqning yangi ishonchi zarur.

Men uchun davlat manfaatlari hamma narsadan ustun. Shuning uchun men vakolat muddatini qisqartirib, muddatidan oldin prezidentlik saylovlariga borishga tayyorman.

Shuningdek, Prezident vakolatlarining soni va muddatini qayta ko‘rib chiqish zarur. Men prezidentlik muddatini 7 yillik bir muddat bilan cheklashni tavsiya qilaman. Ammo qayta saylash taqiqlanadi
», — dedi To‘qayev murojaatnomada.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lishini e’lon qildi