20:10 / 01.09.2022
1 593

Urushning 189-kuni: Vayronalar orasidagi o‘quvchilar, Ukraina janubidagi amerikalik askar (foto)

Urushning 189-kuni: Vayronalar orasidagi o‘quvchilar, Ukraina janubidagi amerikalik askar (foto)
31 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kramatorsk va Slovyanskni o‘qqa tutdi: Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, bu shaharlarda turar joy binolari shikastlangan, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Xalqaro atom energetikasi agentligi missiyasi Zaporijjyaga keldi: 1 sentabr kuni inspektorlar Zaporijjya AES hududida bo‘lishi kutilmoqda, bu yer avgust oyi davomida doimiy ravishda o‘qqa tutildi, bunda Rossiya va Ukraina tomonlari bir-birini ayblagan: xususan, 1 sentabr kuni Rossiya «ukrainalik diversantlar» AESni egallab olmoqchi bo‘lgani, Ukraina — RF harbiylari Xalqaro atom energetikasi agentligi missiyasi Zaporijjyadan AES joylashgan Energodar shahriga keladigan marshrutni o‘qqa tutganini xabar qildi.

RF mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi qarshi hujumga o‘tgach ikki kun ichida Rossiya armiyasi 1700 nafar ukrain harbiysini o‘ldirganini xabar qildi. Ukraina yozuvchilar uyushmasi Kiyevdagi Mixail Bulgakov muzeyini yopishni taklif qildi. Qrimda urush oxiriga qadar pirotexnika sotish va fuqarolik dronlarini uchirish taqiqlandi.

Quyida 31 avgust, urushning 189-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kramatorskda ko‘p qavatli uyga zarba berilishi oqibatlari

Kramatorsklik kishilar rossiyaliklarning 31 avgust kungi raketa zarbasidan shikastlangan uy yonidan o‘tmoqda. Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina armiyasi nazoratida qolayotgan shaharda kamida to‘rtta ko‘p qavatli turar joy binosi o‘qqa tutilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Foto: Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA

Kramatorskda Rossiya raketasi kelib tushgan uydagi kvartirani tozalayotgan ayol.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA


Kramatorskda yashovchi 70 yoshli Volodimir Chaplinskiy rossiyaliklar raketa zarbasidan keyin kvartirasini tartibga keltirmoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA


Qo‘lida kuchukchasini ko‘targan kramatorsklik ayol RF qo‘shinlarining turar joy binolariga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatlariga qaramoqda.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA

Chernihivlik maktab o‘quvchilari o‘z sinfxonalarida
Associated Press fotosuratchisi Emilio Morenatti Chernihivdagi 21-maktab va Mixail Kotsyubinskiy nomidagi litseyda o‘qigan o‘quvchilarning portretlari seriyasini tasvirga oldi. Maktab binosi Rossiya qo‘shinlarining 3 mart kungi raketa zarbalari vaqtida vayron bo‘lgan, litsey 4 mart kuni o‘qqa tutilgan. Shunga qaramay, 1 sentabr kuni bu o‘quv muassasalari ochildi, o‘quvchilar butun qolgan xonalarda o‘qishda davom etadi.

Oleksandr Morgunov, 13 yosh, 21-maktab o‘quvchisi: «Sinfxonaga kelganimda urush tugashini juda istadim»
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA


Anna Skiban, 12 yosh, Mixail Kotsyubinskiy nomidagi litsey o‘quvchisi: «Men juda qayg‘udaman. Bu ishlar mening maktabim bilan bo‘lganiga ishona olmayman». Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Kristina Ignatova, 16 yosh, 21-maktab o‘quvchisi: «Ro‘y bergan ishlar — fojia. Men yo‘qotganlarim uchun juda ko‘p yig‘ladim. Men maktabni, do‘stlarimni va o‘qituvchilarimni sog‘inaman. Ammo yangi maktab, do‘stlar va o‘qituvchilar bo‘ladi. Asosiysi, hayot davom etadi»
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA


Nikolay Kravchenko, 12 yosh, Mixail Kotsyubinskiy nomidagi litsey o‘quvchisi: «Maktabga kelganimda, xarobalar ostida qolib halok bo‘lgan ayol haqida o‘yladim. Unga juda jonim achidi»
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA


Sofya Klishnya, 12 yosh, Mixail Kotsyubinskiy nomidagi litsey o‘quvchisi: «Qachondir darslar o‘tilgan sinfxona o‘rnidagi vayronada turish qo‘rqinchli». Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Sofiya Jir, 14 yosh, 21-maktab o‘quvchisi: «Maktabimiz bombardimon qilingach, bu yerga kelish qo‘rqinchli edi. Ma’lum vaqt men faqat uzoqdan qarab yurdim. O‘shanda bu ishlar sodir bo‘lganiga ishona olmasdim»
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Mikolayiv otishmalar orasidagi tanaffus vaqtida

Rossiya raketa zarbalaridan shikastlangan maktab sinfxonasi. Mikolayiv so‘nggi bor 29 avgust kuni o‘qqa tutilgandi: o‘shanda, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, o‘nlab turar joylar, park va shahar maktabi jabrlangandi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA


Mikolayiv oblastidagi qishloq hududida portlash ovozidan osmonga ko‘tarilgan qushlar galasi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA


«Rok-zvezda» laqabli amerikalik Gideon Raynhardt AK-47 avtomati bilan. «Rok-zvezda» — Ukraina qurolli kuchlari safiga qo‘shilgan ko‘ngilli. U Ukrainaga Janubiy Karolina shtatidan kelgan, urushdan oldin bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Undan oldinroq esa Raynhardt to‘rt yil davomida AQSH Milliy gvardiyasida xizmat qilgan — bu Amerika armiyasi va harbiy-havo kuchlari uchun zaxiradagi tuzilma. Ukraina armiyasidagi batalonida u yagona xorijlik emas: u bilan birga yana ikki amerikalik, shuningdek britaniyalik, fransiyalik va finlandiyaliklar rossiyaliklarga qarshi jang qilmoqda. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 189-kuni: Vayronalar orasidagi o‘quvchilar, Ukraina janubidagi amerikalik askar (foto)