
Qozog‘istonda bolalar uchun milliy jamg‘arma tashkil etiladi. Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev 1 sentabr kuni parlament minbaridan mamlakat xalqiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
Q.To‘qayev mamlakatdagi har bir oila milliy boyliklardan tegishli ulushini olishi kerakligini ta’kidlagan. Uning taklifiga ko‘ra, bolalar uchun maxsus jamg‘arma ta’sis etiladi. Qozog‘iston milliy jamg‘armasining sarmoyaviy daromadidan 50 foizi muntazam ravishda mazkur fondga o‘tkaziladi. Tushadigan mablag‘ bolalar voyaga yetgunga qadar saqlanadi hamda ularning turarjoy xarid qilishi va tahsil olishiga sarflanadi.
«Bu mablag‘lar o‘sib kelayotgan avlod uchun katta hayotga yo‘llanma vazifasini o‘taydi. Jamg‘arma chinakam milliy maqomga ega bo‘lib, xalq manfaatiga xizmat qiladi», – degan Q.To‘qayev.
Qozog‘iston prezidenti xalqqa murojaatida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga doir muhim tashabbuslarni ilgari surgan. Jumladan, mamlakatda joriy yil kuzda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkazilishi e’lon qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar