00:10 / 03.09.2022
5 324

Qur’onni tarixga ko‘mishni istagan vazirning o‘limi

Qur’onni tarixga ko‘mishni istagan vazirning o‘limi
Bugun Qur’onga til tekkizgan va o‘sha kuniyoq jazosini olgan turkiyalik bir vazir haqida ma’lumot beramiz.

1929 yil, Turkiya. O‘sha kunlarda Ko‘nyadagi yagona gazeta bo‘lmish «Babalik» gazetasining bosh muharriri Xoluq Nurboqiy shunday hikoya qiladi: “O‘sha davrdagi Maorif vazirining birinchi noiblaridan bo‘lgan Mustafo Najotiy Ko‘nyaga kelib, lotin harflarining ustunligi haqida ma’ruza o‘qidi.

Shahar bo‘ylab uning buyrug‘i bilan «Biz Qur’onni eski harflar bilan birga tarixga ko‘mdik» deb yozilgan shiorlar osildi va anjuman ertasi kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi aytildi.

Kechqurun soliq to‘lovchilarning ziyofati uyushtirildi. Kechki ovqatdan so‘ng Mustafo Najotiyda to‘satdan appendiks xuruji paydo bo‘ldi, u darhol kasalxonaga yotqizildi va operatsiya qilindi.

Holatni tushuntirishga hojat yo‘q, butun kasalxona oyoqqa turgan edi. Najotiy janoblari najot topdi, lekin haddidan o‘tib, Qur’onga til tekkizishning javobi borku!

Yarim tunda imkonsiz deyish mumkin bo‘lgan voqea yuz berdi va Najotiy janoblarining karavoti yon temiri sinib ketdi.

Bemor yerga yiqildi va operatsiya joyi yorilib ketdi. U ertasi kuni soat 10:00 da, konferensiya bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda vafot etdi
".

Qur’onni “ko‘mish” haqida gapirgan Mustafo Najotiy Istiqlol mahkamasi, prokuratura, Tiklanish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va Adliya vazirligida ishlagan.

Uning Adliya vazirlida ishlagan paytida shar’iy mahkamalar yopildi. Uning tashabbusi bilan ko‘pgina madrasalarning faoliyati to‘xtatilgan. U tavhid to‘g‘risidagi qonun loyihasini tuzgan va uning alifbo almashtirish ishlarida ham roli katta bo‘lgan.

Abu Akbar tayyorladi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qur’onni tarixga ko‘mishni istagan vazirning o‘limi