
Foto: TASS
BBC ochiq axborot manbalariga tayanib Ukraina bosqini davomida halok bo‘lgan rossiyalik harbiy xizmatchilar ro‘yxatini tuzdi.
2 sentabr holatiga ko‘ra ro‘yxatga 6020 nafar harbiy nomi kiritilgan. Halok bo‘lganlarning 17 foizini (1025 kishi) ofitserlar, jumladan, 4 nafar general, 35 nafar polkovnik va 77 nafar podpolkovnik tashkil etadi. Qolganlar kichik ofitserlar va safdorlar guruhiga mansub. Maxsus vazifalar yuklangan ofitserlar orasida ham qurbonlar soni ko‘p. Ekspertlar ularning o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘lishini ta’kidlagan.
O‘rganishlar jarayonida Ukraina urushida rus armiyasi safida jang qilgan Qirg‘iziston (13 kishi), Tojikiston (9 kishi), Moldova (1 kishi) kabi postsovet mamlakatlari vakillari ham halok bo‘lgani aniqlandi.
BBC nashri izohiga ko‘ra, 6020 raqami real vaziyatni to‘liq aks ettirmaydi, ro‘yxatga faqat rasman tasdiqlangan holatlargina kiritilgan, halok bo‘lganlar soni aslida bir necha baravar yuqori bo‘lishi mumkin.
Joriy iyul oyida AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Uilyam Byorns Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan buyon 15 ming rus askari halok bo‘lgani, jarohatlanlar soni qariyb 45 ming kishini tashkil etishini ma’lum qilgan.
Buyuk Britaniya razvedkasi iyun oyida Rossiya qurolli kuchlari 15-20 ming a’zosidan ayrilgani haqida xabar bergan. Ukraina qurolli kuchli bosh shtabi esa dushman armiyasining 44 ming a’zosi yo‘q qilingani haqida ma’lumot tarqatgan.
Rossiyaning o‘zida halok bo‘lgan askarlar haqidagi ma’lumot davlat siri darajasida yashirin tutiladi. Moskva joriy yil 24 martda 1351 askar halok bo‘lgani haqida rasmiy ma’lumot bergan, xolos. O‘shanda ham tahlilchilar bu raqam kamaytirib ko‘rsatilganini taxmin qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar