13:33 / 06.09.2022
3 052

Putinning aytishicha, Kunchiqar mamlakat bu — Rossiya

Putinning aytishicha, Kunchiqar mamlakat bu — Rossiya
Foto: «Zvezda» TV
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, haqiqiy Kunchiqar mamlakat bu — Rossiya. Bu haqda u butunrossiya yoshlar ekologik forumidagi chiqishida aytdi.

«Geografik jihatdan, o‘ylashimcha, har holda Kamchatkani unutmasligimiz kerak. Umuman olganda, qo‘shnilarimiz — yaponlar va Yaponiyani Kunchiqar mamlakat deyishadi, biroq Yaponiyadan sharqroqda, menimcha, Kamchatka yoki Saxalin joylashgan, undan ham sharqroqda esa Yangi Zelandiya, undan ham sharqroqda esa Chukotka bor. Uyog‘i atigi 60 kilometrli bo‘g‘oz — narigi tomon Amerika qit’asi. Shu ma’noda Kunchiqar mamlakat bu — Rossiya», — dedi Putin.

«Biroq Rossiya, avval aytganimdek, u qayerda, qaysi hududda yashashidan qat’i nazar, insondan boshlanadi», — qo‘shimcha qildi RF prezidenti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo