
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning qo‘shimcha harbiy yordam so‘rashini rad etdi. Bu haqda Die Welt gazetasi Ukraina rasmiylariga tayanib yozmoqda.
Gap Germaniyaning Leopard-2 tanklarini Kiyevga yuborish haqida ketmoqda. So‘rovga nemis ishlab chiqaruvchisi Krauss-Maffei Wegmann (KMW) (KMW) tomonidan jami 1,55 milliard yevrolik tanklarni yetkazib berish bo‘yicha taklif asos bo‘lgan. Birinchi tanklar shartnoma tuzilganidan keyin 36 oy o‘tgach yetkazib berilishi mumkin edi.
Olaf Shols eksport litsenziyasini berishni tasdiqlashdan bosh tortdi, deb yozadi DW.
Nashrning ta’kidlashicha, Shols qo‘shimcha harbiy yordam bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga «mutlaqo tayyor emas».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar