
Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilinsa, Tehron Yevropaga neft yetkazib berishga tayyor. Bu haqda mamlakat TIV rasmiy vakili Nosir Kanoniy ma’lum qildi.
“Ukraina inqirozi oqibatida kelib chiqqan Yevropani energetika bilan ta’minlash muammolarini hisobga olib o‘ziga qarshi sanksiyalar bekor qilingan taqdirda Eron YEIga neft yetkazib berishi mumkin”, – degan diplomat.
U Eronning dunyo energetika ta’minotida muhim rol o‘ynashiga beruvchi kelishuvga erishilishiga umid bildirgan.
Tehron dunyoning yetakchi davlatlari bilan 2015 yilgi yadro kelishuviga qaytishni muhokama qilmoqda. 2018 yilda bu shartnomadan AQSH bir tomonlama chiqib ketadi.
Eron gaz zaxiralari bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ammo unga eksport hajmini oshiruvchi infratuzilma yetishmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar