12:45 / 07.09.2022
1 151

SHHT bosh kotibi: «Mintaqada barqarorlik faqat Afg‘oniston masalasi hal qilinganidan keyingina bo‘ladi»

SHHT bosh kotibi: «Mintaqada barqarorlik faqat Afg‘oniston masalasi hal qilinganidan keyingina bo‘ladi»
Tinchlik, xavfsizlik va mintaqa barqarorligi ko‘p jihatdan SHHT mavjudligi bilan bog‘liq. Bu haqda SHHT bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi.

SHHT bosh kotibi Chjan Min Xitoyning CGTN xalqaro yangiliklar telekanaliga bergan intervyusida SHHTga a’zo davlatlar Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlari ushbu mamlakatni tinch yo‘l bilan qayta qurishga hissa qo‘shishiga umid bildirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston masalalari bo‘yicha hamkorlik SHHT mavjud bo‘lgan dastlabki kunlardan boshlaboq tashkilot faoliyati asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Mintaqada barqarorlik faqat Afg‘oniston masalasi hal qilinganidan keyingina bo‘ladi. Shuning uchun ham bu davr oralig‘ida SHHT Afg‘oniston masalasiga doimo katta e’tibor, katta ahamiyat qaratgan, bu muammoni hal etish uchun turli vositachilik harakatlarni amalga oshirgan. O‘ylaymanki, mintaqadagi tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik ko‘p jihatdan SHHTning mavjudligi bilan bog‘liqdir. SHHTga a’zo davlatlar Afg‘onistonni mustaqil, tinch, betaraf va demokratik davlat sifatida tiklanishiga sodiqligini tasdiqlamoqda”, dedi u.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston afg‘on jamiyati barcha etnik, diniy va siyosiy guruhlari vakillari ishtirokida inklyuziv hukumat tuzishi kerak. SHHT ushbu maqsadga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishi aytilgan.

Maqsadimiz - Afg‘onistonni tinch, xavfsiz va rivojlanayotgan mamlakatga aylantirish”, deya ta’kidladi Chjan Min.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo