23:06 / 09.09.2022
2 869

Eronlik general dronlar borasida muhim ma’lumotni e’lon qildi

Eronlik general dronlar borasida muhim ma’lumotni e’lon qildi
Eron o‘z Harbiy-havo kuchlarini jangovar uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) bilan ta’minlashda 100 foiz o‘zini-o‘zi ta’minlashga erishdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi Eron harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, general Hamid Vohidiyga tayanib xabar qilmoqda.

Biz uchuvchisiz samolyotlar sohasida o‘zimizni 100 foiz ta’minlashga erishdik, biroq bu sa’y-harakatlarda bir lahzaga ham to‘xtab qolmasligimiz kerak, chunki bu sohada to‘xtash orqada qolishga olib keladi”, dedi Tabrizdagi (Sharqiy Ozarbayjon viloyati) Harbiy havo kuchlari bazasiga tashrif buyurgan Vohidiy.

"Biz uchuvchisiz uchish apparatlari sohasida yaxshi yutuqlarga erishdik, Harbiy havo kuchlari ikkita juda qimmatli uchuvchisiz samolyotni yaratdi – Kaman-12 va Kaman-22. Biz uchuvchisiz samolyotlar sohasida mintaqada birinchilardanmiz. Bizning imkoniyatlarimiz har kuni o‘sib bormoqda va biz yaqin kelajakda bu sohada yaxshi xabarlarni e’lon qilamiz", dedi u.

Eron Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni, shuningdek, mamlakat mudofaa sanoatining jangovar samolyotlarda radarlarni modernizatsiya qilish, aniq bombalar, uzoq masofali raketalar va havo-havo raketalarini ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlarini qayd etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo