07:27 / 11.09.2022
1 216

Polsha Germaniyadan 1,3 trln yevro tovon puli undirish uchun Isroilni jalb etmoqchi

Polsha Germaniyadan 1,3 trln yevro tovon puli undirish uchun Isroilni jalb etmoqchi
Foto: Jedrzej Nowicki / DER SPIEGEL
Polsha Germaniya hukumati bilan Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlar uchun tovon puli undirish bo‘yicha muzokaralarga Isroilni jalb etmoqchi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy ma’lum qildi.

"Biz Berlinda muzokaralar o‘tkazmoqchimiz hamda bunga Isroil vakillarini ham taklif qilmoqchimiz – zero polshalik qurbonlarning yarmi kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan fuqarolar", — dedi Moravetskiy Spiegel nashriga bergan intervyusida.

Moravetskiy Polsha keyinchalik xalqaro sudlarga ham murojaat qilishi mumkinligini aytdi.

Avvalroq Polsha Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun Germaniyadan undiriladigan reparatsiyani 1,3 trillion yevro deb baholagandi.

Berlin Polshaning reparatsiya to‘g‘risidagi talabini bir necha marta rad etgan. GFR hukumatining ta’kidlashicha, Polsha 1953 yilda Germaniyaga nisbatan talabidan voz kechgan va buni bir necha marta tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo