
Bolalikdagi orzusini amalga oshirgan Hasana Al-Saba 29 avgust kuni maxsus ruxsatnomani qo‘lga kiritdi va Yamaykadagi birinchi muslima uchuvchi ayol bo‘ldi.
“Umid qilamanki, men boshqalarni ilhomlantiraman. Men erishgan yutug‘imdan faxrlanaman va umid qilamanki, men xalqimga orzular ro‘yobga chiqishini ko‘rsata olaman”, - deydi muslima ayol.
Hasananing mamlakat miqyosidagi yutug‘i Trinidadga bobosi va buvisini ziyorat qilish chog‘ida parvoz qilishni yoqtirgan yosh qizning orzusidan boshlangan edi.
“O‘shandan beri ko‘zim doimo osmonda bo‘lib, samolyotlarga bo‘lgan qiziqishim ortdi. Men ajoyib manzaraga qarashni yaxshi ko‘raman. Tabiat hayratlanarli va uchish menga go‘zal manzaralarni ko‘rish imkoniyatini berishini yaxshi ko‘raman", deb eslaydi u.
Hasana 25 avgust kuni parvoz sinovidan o‘tdi va 29 avgust kuni litsenziya oldi. Uning keyingi orzusi tijorat litsenziyasini olish va yirik aviakompaniyalar uchoqlarida uchish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar