AQSHda binafsharang pomidor yetishtirishga ruxsat berildi

AQSHda binafsharang pomidor yetishtirishga ruxsat berildi
Foto: Norfolk Plant Sciences
AQSH davlat inspeksiyasi (APHIS) mamlakat hududida geni o‘zgartirilgan pomidor navini yetishtirishga ruxsat berdi. Bu pomidorlar foydali antotsianlar bilan to‘yintirilgan, deyiladi Naked Science xabarida.

Pomidorning rangi g‘ayriodatiy — binafsharang. Bu tusni unga aynan antotsianlar beradi. Yangi navni yaratish uchun olimlar uning geniga antotsianlar sintezini muvofiqlashtiruvchini qo‘shishdi. Muvofiqlashtiruvchi esa ko‘pyillik o‘simlik — ajdargul (antirrinum, lotincha — Antirrhinum)dan olingan.
AQSHda binafsharang pomidor yetishtirishga ruxsat berildi
Ajdargullar turfa rangli bo‘ladi.
Foto: Bloomingarden

Tajribalar binafsharang pomidor bilan oziqlantirilgan sichqonlar birmuncha uzoqroq umr ko‘rishini isbotladi.

AQSH — geni o‘zgartirilgan binafsharang pomidor yetishtirishga ruxsat etilgan yagona mamlakat. Navbatdagi mamlakat Buyuk Britaniya bo‘lishi kutilmoqda.

Aynan Britaniyada bittasi ikkita tuxum o‘rnini bosuvchi pomidor yaratilgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar