08:00 / 15.09.2022
1 752

Rosgvardiya Zaporoje viloyatida Ukraina QKning 130dan ortiq agentlarini qo‘lga oldi

Rosgvardiya Zaporoje viloyatida Ukraina QKning 130dan ortiq agentlarini qo‘lga oldi
Rosgvardiya Xerson va Zaporoje viloyatlarida Ukraina kuchlari va harbiylari faoliyatiga aloqador bo‘lgan 130 dan ortiq kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Rosgvardiya matbuot xizmati xabar bergan.

Rosgvardiyachilar Xerson va Zaporoje viloyatlarida millatchilik tashkilotlari, Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Qurolli kuchlari faoliyatiga aloqador bo‘lgan 130 dan ortiq odamni qo‘lga oldi, 10 ta qurol va o‘q-dorilar yashirilgan maxfiy joy topildi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, xususan, xorijda ishlab chiqarilgan NLAW tankga qarshi tizimlari, 82 millimetrli minomyot, ikkita 14,5 millimetrli Vladimirov og‘ir pulemyotlari, shuningdek, 16 mingdan ortiq o‘q-dorilar musodara qilingan. Bundan tashqari, 4,5 kilogramm narkotik moddalar ham musodara qilingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo