06:00 / 15.09.2022
1 681

Odamlar bizdan qurol talab qilmoqda – Zaporoje viloyati hukumati

Odamlar bizdan qurol talab qilmoqda – Zaporoje viloyati hukumati
Zaporoje viloyati aholisi mintaqani Ukraina qo‘shinlarining ehtimoliy hujumlaridan himoya qilish uchun ularga qurol-yarog‘ berilishini talab qilmoqda. Bu haqda Zaporoje viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.

Avvalroq Ukraina qo‘shinlari hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun katta kuchlarni to‘qnashuv chizig‘iga jamlayotgani haqida ma’lum qilingan.

Zaporoje viloyati aholisi ommaviy ravishda bizga murojaat qilib, Ukraina qo‘shinlarining hujumga urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularga qurol berishni talab qilmoqda. Butun jamiyat Zelenskiy terrorchi rejimiga qarshi birlashdi”, dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.

Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson va Zaporoje viloyatining Azov dengiziga tutash qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdyansk kabi yirik shaharlarni ozod qildi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo