18:56 / 15.09.2022
1 320

Surxondaryo hokimligi Afg‘onistonning Hayraton shahriga navbatdagi insonparvarlik yordami yubordi

Surxondaryo hokimligi Afg‘onistonning Hayraton shahriga navbatdagi insonparvarlik yordami yubordi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Afg‘onistonning Balx viloyatida joylashgan Hayraton shahridagi og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarga insonparvarlik yordami yetkazib berildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov ma’lum qildi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuklari Afg‘onistonning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumanida og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 420 ta oilaga yetkazib berilganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
14 sentabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi konsulligi vakillari tomonidan mazkur beg‘araz yordamning ikkinchi bosqichi doirasida 24 tonnadan iborat insonparvarlik yuklari qo‘shni mamlakatning Balx viloyati Hayraton shahrida og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarga ham yetkazib berilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
120 ta oilaga mo‘ljallangan 8 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari (50 kilogrammdan un, 25 kilogrammdan guruch, 10 kilogrammdan shakar, 10 litrdan yog‘, 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha) Hayraton shahri ma’muriyati rahbari Xaliulloh Foruqiy, Afg‘oniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tashqi ishlar vazirligi vakillari ishtirokida fuqarolarga topshirilgan.

Bundan tashqari, 11 sentabr kuni ham Sho‘rtepa tumani Tukay aholi punktida ushbu tumanda yashovchi 420 ta muhtoj oilaga mo‘ljallangan jami 58 tonna oziq-ovqat mahsuloti tarqatilgan. Tadbirda tuman hokimi Allamurod Polvon va oqsoqollar, Afgoniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari qatnashgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo