18:57 / 17.09.2022
2 089

Daniyada hijobni taqiqlash taklifi noroziliklarni keltirib chiqardi

Daniyada hijobni taqiqlash taklifi noroziliklarni keltirib chiqardi
Ikki yil davomida hijobda yurgan 15 yoshli Huda Makay Asg‘ar Daniya maktablarida hijobni taqiqlash taklifini eshitib, hayratda qoldi. Bu tavsiya ham pedagoglar, ham musulmon jamoatchiligining salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi.

Men doimo Daniyada din erkinligi borligini bilardim. Men xohlagan narsani kiyishim mumkin va men istagan dinimga ishonishim mumkin. Shuning uchun taklif haqida eshitganimda hayron qoldim. Men ro‘molimni yecha olmayman, chunki u mening bir qismim”, dedi u al-Jazira axborot agentligiga telefon orqali.

Komissiya xulosasiga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda ro‘moldan foydalanish bolalarning ikki guruhga bo‘linishiga olib kelishi mumkin emish. Komissiya hijob o‘rashni taqiqlash bilan bir qatorda daniya tili kurslari, etnik ozchilik oilalarida bola tarbiyasining zamonaviy usullarini targ‘ib qilish, boshlang‘ich maktablarda jinsiy tarbiyani kuchaytirish kabi boshqa tavsiyalarni ham berdi.

Jutlanddagi Tilst Skole boshlang‘ich maktabi direktori Lone Yorgensen tavsiya etilgan taqiqni qo‘llab-quvvatlamaydi.

"Mening vazifam – hamma uchun joy bor va hamma birdek qadrli bo‘lgan yaxshi maktab tashkil etish", dedi u.

Kopengagen ko‘chalariga bir necha ming kishi hijobni taqiqlash taklifiga qarshi norozilik bildirishdi. 37 yoshli doya va faol Lamiya Ibnsayn “Hijobimizdan qo‘llaringni tort” deb nomlangan tadbir uyushtirdi.

Orxus universiteti qoshidagi Daniya ta’lim maktabi dotsenti Iram Xavajaning aytishicha, taqiq ijtimoiy nazorat ostidagi qizlar duch keladigan muammolarning hech birini hal qilmaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo