1 323
Ukrainadagi urushning 207-kuni:Xarkov yerto‘lalarida Rossiya armiyasidan qolgan qamoqxonalar, Izyumda eksgumatsiya ishlari (foto)

Xarkiv oblastining ozod etilgan qismlarida yarim oy davom etgan istilo vaqtidagi harbiy jinoyatlar izlari aniqlanishi davom etmoqda. Kozacha Lopan posyolkasidagi yerto‘lalarda, Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, so‘roqlar uchun kamera va qamoqxona tashkil etilgan. Malaya Kamishevaxa qishlog‘ida rossiyalik harbiylar Avliyo Troitskiy ibodatxonasidan dala hospitali sifatida foydalanishgan.
Izyumda shahar rossiyaliklar tomonidan ishg‘ol etilgan vaqtda halok bo‘lganlarning jasadlarini eksgumatsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Xarkiv oblasti prokurori Oleksandr Filchakov 16 sentabr kuni «Nastoyasheye vremya» efirida aytishicha, urush qurbonlari ko‘milgan hududdan tinch aholi vakillari bo‘lgan 445 kishi qabri va Ukraina harbiy xizmatchilarining bitta umumiy qabri aniqlangan.
Quyida 18 sentabr, urushning 207-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kozacha Lopanda yerto‘lalardagi turma

Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati xodimlari qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘ralgan vokzal yerto‘lasiga kirmoqda. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Xarkiv oblastining ozod etilgan Kozacha Lopan posyolkasidagi bu yerto‘ladan Rossiya istilosi vaqtida so‘roqlar o‘tkazish joyi sifatida foydalanilgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Temiryo‘l vokzali yerto‘lasidagi xona. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, bu joyda rossiyalik harbiylar mahalliy aholi vakillarini so‘roq qilgan.
Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA

Darvozasiga Z harfi bitilgan imorat. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, bu binoda Rossiya harbiylari Kozacha Lopan aholisi vakillari qiynoqqa solingan qamoqxona tashkil etishgan.
Viktoriia Yakymenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina rasmiylari Rossiya istilosi vaqtida qiynoq kamerasi sifatida foydalanilganini aytgan yerto‘ladagi ko‘rpa-to‘shaklar.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Odamlar qiynoqqa solingani aytilayotgan yerto‘lada turgan ukrainalik askar.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Izyumdagi qabristonda eksgumatsiya

Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod qilingan Izyum shahrida jasadlarni eksgumatsiya qilish. Jasadlar ekspertizadan o‘tkazish uchun Xarkivga olib ketiladi. Mahalliy hokimiyat organlariga ko‘ra, eksgumatsiya ishlari taxminan ikki hafta vaqt oladi.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasining Malaya Kamishevaxadagi tashlandiq dala hospitali

Xarkiv oblastining Malaya Kamishevaxa qishlog‘idagi Avliyo Troitskiy ibodatxonasi istilo vaqtida rossiyalik harbiylar tomonidan dala hospitaliga aylantirilgan. Foto: Yakiv Lyashenko

Malaya Kamishevaxa qishlog‘idagi Avliyo Troitskiy ibodatxonasida «Tiva» yozuvi o‘yib tushirilgan stul. Tuva respublikasi Rossiyaning barcha regionlari orasida Ukrainada halok bo‘lgan askarlari soni aholi nisbatiga ko‘ra eng yuqori bo‘lgan hududdir.
Foto: Yakiv Lyashenko

Ukraina ichki ishlar vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Anton Gerashchenko cherkovdan olingan videoni e’lon qildi va unga shunday izoh yozib qoldirdi: «cherkov og‘ilxonaga aylantirildi».
Foto: Yakiv Lyashenko
Xarkiv oblastining ozod etilgan qismidagi hayot

Ukrain harbiylari tomonidan yaqinda ozod etilgan Izyumda vayron bo‘lgan bino oldida o‘tirgan kishi.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA

Izyumlik 85 yoshli ayol o‘z uyi hovlisida taom pishirmoqda
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA

Izyumdagi ko‘p qavatli uy hovlisida tushlik qilayotgan olti yoshli bola .
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastining Prudyanka posyolkasida shikastlangan avtomobil
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Ruska Lozova qishlog‘idagi uyda tomni tuzatayotgan kishi. Uning uyi hovlisida — okoplar qazilgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar