
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSHning PBS telekanaliga bergan intervyusida Ukraina urushiga doir umidbaxsh yangilikni tilga oldi. Turkiya rahbariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni imkon qadar tezroq tugatish niyatida.
«O‘zbekistonda men prezident Putin bilan uchrashdim. Ikkimiz tig‘iz muzokaralar o‘tdik. U meni chindan ham buni (Ukraina urushi nazarda tutilmoqda – tahr.) imkon qadar tezroq tugatish niyatida ekaniga ishontirdi. Mening taassurotim ana shunday. Harqalay, vaziyat o‘ta mushkul tomonga o‘zgarmoqda», – degan prezident Erdo‘g‘on.
PBS jurnalistining «Urush yakunlansa, Ukrainadan tortib olingan hududlar Rossiyada qolishi kerakmi?» degan mazmundagi savoliga javoban Turkiya rahbari Ukraina hududlari qaytarilishi lozimligini ta’kidlagan.
Erdo‘g‘on xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq Qrim Ukraina hududi ekani, yarimorol rasmiy Kiyev boshqaruviga qaytarilishi kerakligini aytib keladi.
AQSH telekanaliga intervyuda ham Qrim masalasi ko‘tarilgan.
«Biz undan (Putin nazarda tutilmoqda – tahr.) Qrimni qonuniy egalariga qaytarishni so‘raganmiz. Afsuski, o‘shandan buyon bu borada biror amaliy qadam tashlanmadi», – degan Erdo‘g‘on.
Siyosatchi suhbat davomida har qanday yetakchi kabi Putin o‘z xatosini tan olishi amrimahol ekani, ammo biror bir omil bosqinni oqlay olmasligini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar