
Foto: Qozog‘iston FVV
20 sentyabr kuni Qozog‘istonning Atirau viloyati osmoni qora tutun bilan qoplandi, deb xabar bermoqda “Zakon.kz”.
Favqulodda vaziyatlar departamenti xabariga ko‘ra, shu kuni ertalab Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida qamish yonishni boshlagan, kechga kelib, yong‘in maydoni 60 gektardan ham oshib ketgan. Keyinroq yong‘in «Ak Jayik» davlat tabiat qo‘riqxonasi hududiga ham o‘tgan.
21 sentyabr kuni Atirau viloyatida osmondan kul yog‘ayotgani qayd etilgan, shuningdek, kuyindi hidi sezilmoqda.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) September 21, 2022
Ekologiya departamenti ushbu yong‘inning Atirauda atmosfera havosiga ta’sirini o‘rganishni boshladi.
Yong‘in o‘chog‘iga yaqinlashishga urinish chog‘ida botqoqlikka botib qolgan «TREKOL» rusumidagi yo‘ltanlamas butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
21 sentyabr kuni ertalab yong‘inni o‘chirishga Mi-8 vertolyoti jalb qilindi. Ayni paytda havodan turib o‘t o‘chirish ishlari davom etmoqda. Aholi punktlari xavf ostida emasligi aytilmoqda.
Departament aniqlik kiritishicha, sentyabr o‘rtalaridan buyon dengiz bo‘yidagi qamishlar tez-tez yonib ketishni boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar