17:43 / 22.09.2022
1 971

Ukrainadagi urushning 210-kuni: Anqaradagi «azovchilar», janubda yangi qarshi hujumga tayyorlanayotgan ukrainlar (foto)

Ukrainadagi urushning 210-kuni: Anqaradagi «azovchilar», janubda yangi qarshi hujumga tayyorlanayotgan ukrainlar (foto)
21 sentyabr kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng miqyosli asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi: Kiyev Moskvaga siyosatchi Viktor Medvedchuk (OAV uni «Vladimir Putinning og‘aynisi» deb ataydi, Putin uning qiziga cho‘qintirgan ota hisoblanadi) va 55 nafar rossiyalik harbiyni bergan, Moskva esa Kiyevga — 215 nafar ukrain harbiy asirlarini qaytargan, ular orasida «Azov» polki qo‘mondonlari ham bor.

Shuningdek Ukraina tomonida jang qilib asirga tushgan 10 nafar xorijlik ham ozod qilindi (ularning ayrimlari «DXR»da o‘lim jazosiga hukm qilingandi).

Rossiyada Vladimir Putin safarbarlik e’lon qilishi ortidan ommaviy namoyishlar boshlandi va kuchishlatar tuzilmalar tomonidan bostirildi. 39 shaharda 1300 nafardan ortiq kishi qo‘lga olingan. Moskvadagi IIB bo‘limlarida aksiyada qo‘lga olinganlarga harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozlari topshirilgan.

Ukraina vitse-premeri esa rossiyalik askarlarni o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lishga chaqirdi — ular «o‘z xohishiga qarshi» RFga qaytarilmasligi va’da qilindi.

Quyida 21 sentyabr, Ukrainadagi urushning 210-kunida olingan suratlar.

Kunning asosiy suratlari. «Azovstal» mudofaachilari almashuvdan keyin Anqarada

«Azov» polki komandiri Denis Prokopenko (laqabi «Redis»), 36-alohida dengiz piyodalari brigadasi qo‘mondoni Sergey Volinskiy («Volina»), «Azov» polki komandiri o‘rinbosari Svyatoslav Palamar, Ukraina Milliy gvardiyasining operativ topshiriqlarni bajaruvchi 12-alohida brigadasi komandiri Denis Shlega va «Azov» polkining katta ofitserlaridan biri Oleg Xomenko almashuvdan keyin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan videoaloqa orqali gaplashmoqda. Besh ofitser hozirda Turkiyada (Anqara) bo‘lib turibdi va kelishuv shartlariga ko‘ra ular bu yerda urush oxiriga qadar — Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an himoyasida qolishi kerak.
Ukraina IIV matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA


Asirlikdan ozod qilingan Svyatoslav Palamar telefon orqali yaqinlari bilan gaplashmoqda
Ukraina IIV matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA

Lisichanskda «referendum»ga tashviqot

Luhansk oblastining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha «referendum»ni reklama qiluvchi tashviqot bannerlari o‘rnatayotgan ishchi. Ukrainaning bosib olingan hududlarida shu masaladagi «referendumlar» 23-27 sentyabr kunlarida o‘tishi belgilangan. Lisichansk 2022 yil iyulida rossiyalik harbiylar tomonidan egallangandi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkivda yuk terminaliga zarba oqibatlari

Xarkiv g‘arbidagi stansiya o‘qqa tutilgach, g‘ijimlanib ketgan temiryo‘l vagoni. Rossiya tomoni ukrain armiyasi ehtiyojlari uchun motor moyi yuklangan tarkib bombardimon qilinganini bildirgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Ukrain harbiylari raketa zarbalaridan keyin hosil bo‘lgan ulkan o‘rani tekshirmoqda.
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastining ozod etilgan hududlaridagi maishiy hayot

Mahalliy aholi vakili Oleksandr yashash uchun yaroqsiz holga kelgan uyi yonida harbiy harakatlar vaqtida yakson bo‘lgan rossiyaliklar tanki oldida. Sentyabr oyi boshida Izyum yaqinidagi bu hududda shiddatli janglar kechdi.
Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA


Zaliman qishlog‘iga qaytayotgan odamlar jiddiy shikastlangan ko‘prik bo‘ylab o‘tmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA


Zaliman qishlog‘iga qaytgan Svetlana qo‘shnilari bilan quchoqlashib ko‘rishmoqda. Ushbu qishloq bahor va yozda shiddatli janglar maydoniga aylangan, ammo Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumidan keyin front sharqqa surildi va qishloq front orti hududi bo‘lib qoldi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA


Mahalliy aholi vakillari Svetlana va Yelena otishmalar chog‘ida halok bo‘lgan Svetlananing turmush o‘rtog‘i qabri tepasida. Xarkiv oblastining Zaliman qishlog‘i.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA


Apreldan sentyabrga qadar Rossiya istilosi ostida bo‘lgan Izyum shahrida gumanitar yordam uchun navbat.
Paula Bronstein / Getty Images


Janglar vaqtida qisman shikastlangan «Polovetsk tosh ayollari» — dashtdagi polovs xalqining qadriyati hisoblangan IX-XIII asrlarga mansub san’at yodgorligi.. Izyum shahri yaqinidagi Kremenes tog‘ida joylashgan.
Yakiv Lyashenko

Ukrainaning Zaporijjya oblastidagi pozitsiyalari

Front chizig‘idagi okopda turgan ukrain harbiysi planshetda ishlamoqda. Aynan Zaporijjya oblastida ukrainlarning navbatdagi hujumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA


Qo‘l pulemyoti tutgan ukrain harbiysi
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA


Okopdagi ukrain harbiysi
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkivdagi delfinariya

Hayvon o‘rgatuvchi Vladislav Xarkiv delfinariyasida Plombir laqabli beluxa (Shimoliy qutb dengizida yashovchi yirik delfin, uni oq kit deb ham atashadi)ning dumidan ushlamoqda. Bu yerdagi jonivorlarning bir qismini evakuatsiya qilishning imkoni bo‘lmagan — beluxani ulkanligi uchun, qolgan delfinlarni esa — ularning bolalari hali juda yosh bo‘lgani uchun qoldirishgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA


Delfinariya xodimi Yuriy Zevs laqabli delfin bilan o‘ynamoqda. Zevsni bahorda, shahar tinimsiz ravishda o‘qqa tutilayotganida evakuatsiya qilishning imkoni bo‘lmagandi, o‘shanda uning Mechta ismi qo‘yilgan bolasi tug‘ilgandi. Delfinariya xodimlariga ko‘ra, jonivorlar portlashlar tufayli «stressga tushishgan»: kuchli ovoz eshitilishi bilan yoki hovuz bo‘ylab tez suza boshlashgan, yoki hech qanday reaksiya qilmasdan bir joyda qotib qolishgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo