
Foto: Associated Press
Qatar hukumati 1 noyabrdan qisqa muddatli vizalar berishni to‘xtatishga qaror qildi. Sababi — mamlakat mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati. Xorijliklar Qatarga kirishi uchun chipta va muxlislik kartasining o‘zi kifoya.
Qatar ichki ishlar vaziri vakili matbuot anjumanida xabar berishicha, jahon chempionati chiptasini sotib olib, muxlislik kartasini rasmiylashtirganlar 2022 yilning 1 noyabridan 23 dekabriga qadar Qatarga vizasiz kirishlari mumkin.
Xuddi shu davrda, shuningdek, ishchi vizasi borlar hamda Qatarda yashash huquqiga ega xorijliklar ham mamlakatga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 20 noyabridan 18 noyabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar