21:18 / 24.09.2022
1 919

Putin urushda taslim bo‘lganlarni jazolovchi qonunni imzoladi

Putin urushda taslim bo‘lganlarni jazolovchi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «ixtiyoriy taslim bo‘lish» uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat rasman e’lon qilindi.

Jazoning eng yengili – uch yillik qamoq. «Ixtiyoriy taslim bo‘lish» moddasi ilgari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksida yo‘q edi.

Shu bilan birga, ushbu jinoyatni birinchi marta sodir etgan harbiy xizmatchi, agar u ozodlikka chiqish uchun harakat qilgan bo‘lsa, o‘z bo‘limiga yoki xizmat joyiga qaytgan va asirlikdagi vaqtida boshqa jinoyatlarni sodir etmagan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ruslarga murojaat qilib, «Ukrainaga kelganda taslim bo‘ling. Bu omon qolish yo‘lidir» deb aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin urushda taslim bo‘lganlarni jazolovchi qonunni imzoladi